Hazorasp tuman hokimi Abdullayev Maqsudbek Xojiyevichning 2025-yil davomida olib borilgan ishlar hamda 2026-yilgi vazifasi yuzasidan hisoboti
2026-01-25 14:55:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalda bo‘lyotir. Prezidentimiz muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori tobora yuksalib bormoqda.
Bugungi kunda respublikamiz dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatorida munosib o‘rin egallab, o‘rni va roli xalqaro hamjamiyat tomonidan yaqqol e’tirof etilmoqda.
Davlatimiz rahbarining dunyoning eng nufuzli minbari — Birlashgan Millatlar Tashkilotida so‘zlagan nutqlari, shuningdek, chet davlatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro sammitlar, forumlar va anjumanlardagi mazmunli chiqishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
2025-yil davomida respublikamizda o‘tkazilgan YUNESKO sammiti, shuningdek, turli iqtisodiy, madaniy va san’at sohalariga oid xalqaro anjumanlar mamlakatimizda jahon hamjamiyati oldida demokratik tamoyillar, qonuniylik hamda inson huquq va erkinliklari ishonchli tarzda ta’minlanayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
2025-yil davomida tumanimizda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirib o‘taman.
Tumanning umumiy yer maydoni 0,45 ming kvadrat kilometrni tashkil etib, hududda jami 46 ta mahalla mavjud. Aholi soni 212,9 ming nafar bo‘lib, shundan 106,5 ming nafari erkaklar, 106,4 ming nafari ayollardir. Tumanda 38,1 mingta xonadon va 61,7 mingta oila mavjud. Iqtisodiy faol aholi soni 79,2 ming nafarni, jami band aholi esa 75,1 ming nafarni tashkil etadi.
2025-yil uchun tuman mahalliy budjetining daromadlar qismiga 113,0 mlrd so‘m mablag‘ to‘plash rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuni bilan ushbu ko‘rsatkich 128,2 mlrd so‘mga yetkazilib, reja 113,4 foizga bajarildi.
Shuningdek, budjet daromadlar qismi bo‘yicha qo‘shimcha reja 55,6 mlrd so‘m etib belgilangan bo‘lib, amalda 72,9 mlrd so‘m yig‘ilib, 131,1 foiz ijro ta’minlandi.
2025 yil davomida tumanda yangidan 608 ta kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishda tijorat banklari tomonidan 72,4 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida tumanda kambag‘allik darajasi
11,4 foizdan 5,0 foizga, ishsizlik darajasi esa 5,1 foizdan 3,7 foizga pasaytirildi.
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2025 yil uchun 22 ming 457 nafarlik reja belgilangan bo‘lib, amalda 23 ming 755 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi yoki reja 105,7 foizga bajarildi.
Tumanda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish bo‘yicha 3 074 tonna reja belgilangan bo‘lib, yil yakunida amalda 3 667 tonna mahsulot jamg‘arilib, reja 119 foizga bajarildi.
Jumladan:
- kartoshka – 1 510 tonna (101 foiz),
- piyoz – 420 tonna (127 foiz),
- sabzi – 700 tonna (104 foiz),
- guruch – 1 037 tonna (181 foiz).
2025-yil yakunlari bo‘yicha tumanning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sish ta’minlandi. Xususan:
- sanoat mahsulotlari hajmi 717,6 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 106,4 foizga,
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 988,5 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 103,3 foizga,
- qurilish ishlari hajmi 699,0 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 106,7 foizga,
- chakana tovar aylanmasi hajmi 1 772,2 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 106,8 foizga,
- xizmatlar sohasi hajmi 1 560,8 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 115,0 foizga yetkazildi.
Jadal kompleks rivojlantirish (PK–132) dasturi doirasida 12 ta obyektda jami 87,0 mlrd so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan, yil yakuniga qadar 62,8 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirildi va ishlar 82 foizga bajarildi.
Shuningdek, “Drayver” loyihalar doirasida 5 ta obyektda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, natijada 455 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi va budjetga qo‘shimcha 5,3 mlrd so‘m tushum ta’minlandi.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish dasturlari doirasida 64,0 mlrd so‘mlik 12 ta obyekt qurilib, to‘liq foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, 800 xonadonli
24 ta ko‘p kvartirali uylar aholi ixtiyoriga berildi.
2025-yilda aholini ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash bo‘yicha 19 120 tonna ko‘mir yetkazib berildi va qo‘shimcha 411 tonna zaxira shakllantirildi. Suyultirilgan gaz bo‘yicha esa 2 260 tonna yetkazib berildi.
Shunday bo‘lsada, tabiiy gaz va elektr ta’minotidagi kamchiliklarimiz aholimizning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 242,1 mlrd so‘m bo‘lgan
25 ta loyiha ishga tushirilib, 996 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, 12 ta loyiha doirasida 100,0 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Tuman korxonalari tomonidan 30,4 mln AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi orqali 432 nafar fuqaroga 455,6 mln so‘mlik reabilitatsiya vositalari taqdim etildi. “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan esa 261 nafar fuqaroga 1 mlrd 398 mln so‘mlik ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.
Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida tumandagi 54 580 nafar yoshlar toifalarga ajratilib, “og‘ir” toifaga mansub yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Natijada ushbu toifadagi yoshlarning qariyb barchasining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 1 910 nafar bitiruvchi yoshlarning 85 foizining bandligiga erishildi.
2025-yilda tumanda umumiy qiymati 1 trln so‘m bo‘lgan 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda 1 027 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan edi.
2025-yilning yanvar–dekabr oylari davomida:
- 1 trln so‘mlik (100 foiz) 30 ta loyiha to‘liq ishga tushirildi;
- 1 027 ta (100 foiz) yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Natijada hududiy investitsiya dasturi belgilangan ko‘rsatkichlar asosida to‘liq bajarilishi ta’minlandi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish.
2025-yilda tuman bo‘yicha 54,1 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuni bilan ushbu reja 54,1 mln dollar yoki 100 foiz bajarildi.
Jumladan, Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan “Hazorasp Diamond” MChJ tomonidan tikuvchilik sexini tashkil etish loyihasi doirasida 9,9 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Eksport faoliyati.
2025-yilda jami 30,4 mln AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 30,49 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, reja 101 foizga bajarildi.
Eksport tarkibi quyidagicha:
- sanoat mahsulotlari eksporti – 1,34 mln dollar (rejaga nisbatan 48,1 foiz);
- meva-sabzavot mahsulotlari eksporti – 29,14 mln dollar (rejaga nisbatan 101 foiz).
Eksport salohiyatini tahlil qilish va tashqi bozorlarni o‘rganish natijasida eksport geografiyasi kengayib, Armeniya, Latviya va Litva davlatlari qo‘shildi va jami eksport amalga oshirilayotgan davlatlar soni 11 taga yetdi.
Hozirgi kunda Hazorasp tumanida 5 ta sanoat zonasi tashkil etilgan.
Ziyolilar mahallasi (2020-yil) 4 gektar yer maydonida tashkil etilgan kichik sanoat zonasining 2,9 gektari 31 ta lotga ajratilgan. Sanoat zonasi barcha muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan. Bugungi kunda ushbu hududda 34 ta loyiha joylashtirilgan.
Ziyolilar mahallasi (“Hazorasp Don” MChJ negizida, 2021-yil) 0,19 gektar yer maydonida jami 1 458 kv.m bino-inshoot mavjud. Ushbu sanoat zonasida qiymati 20,2 mlrd so‘m bo‘lgan 20 ta loyiha ishga tushirilib, natijada 210 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Aloqali ko‘l mahallasi (2021-yil) Jami 15 gektar yer maydonida tashkil etilgan bo‘lib, shundan 4,3 gektari 42 ta lotga ajratilgan va 18 ta loyiha joylashtirilgan. Sanoat zonasi zarur infratuzilma bilan ta’minlangan. Biroq mazkur yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasida bo‘lganligi sababli tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari boshlanmagan.
2025-yil yanvar–dekabr oylarida 5 ta korxona tomonidan 29,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 49,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Natijada reja 165,5 foizga bajarildi.
Shu bilan birga, yil boshiga nisbatan “To‘rabek Diyor” MChJ, “Hazorasp Mashina Soz” MChJ va “Kasbdosh” MChJ korxonalarida qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2025-yil yanvar–dekabr oylarida tuman bo‘yicha import hajmi 25,3 mln AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 mln dollarga oshdi.
“Investitsiya” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Hazorasp tumanida “Investitsiya” dasturi doirasida 2025-yilda jami 13 ta obyektda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Joriy holatga ko‘ra:
- 8 ta obyekt to‘liq foydalanishga topshirildi;
- 5 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Jumladan:
- 1 ta yangi maktab qurilishi;
- 11–12-son maktablarni rekonstruksiya qilish;
- Yangi O‘zbekiston massivi uchun issiqlik tizimini qurish;
- Yangi O‘zbekiston massivi ichki yo‘llarini qurish;
- “Muxomon” kanalini rekonstruksiya qilish (betonlashtirish) ishlari amalga oshirilmoqda.
Hazorasp tumanida Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 2025-yilda jami 74 mlrd 370 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan.
OPEK – 1-bosqich
Ushbu bosqich doirasida tumanda jami 10 mlrd 770 mln so‘mlik quyidagi obyektlar qurilishi belgilangan:
- mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazlari;
- 150 qamrovli qishloq vrachlik punktlari (Muxomon, Bo‘ston va Shoduhurram mahallalarida).
Mazkur obyektlar bo‘yicha qurilish ishlari to‘liq yakunlanib,
100 foizga bajarildi.
OPEK – 2-bosqich (ichimlik suv ta’minoti)
Ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 14 mlrd 800 mln so‘m mablag‘ hisobiga mahallalarda 72,4 km ichimlik suv quvurlari yotqizish rejalashtirilgan.
Jumladan:
- Shoduhurram – 12 km
- Kamolot – 10 km
- Bo‘ston – 8 km
- Bog‘urog‘lar – 15,4 km
- Muxomon – 13 km
- Navro‘z – 5,5 km
- Buyuk Siymo – 8,5 km
Ushbu ishlar to‘liq yakunlanib, 100 foiz bajarildi.
OPEK – 2-bosqich (ichki yo‘llar va obodonlashtirish)
Mahallalarda ichki yo‘llar holatini yaxshilash maqsadida jami 48 mlrd
800 mln so‘mlik ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, quyidagilar nazarda tutilgan:
- 46,5 km asfalt yo‘l,
- 24,8 km ShPS,
- 15,8 km piyodalar yo‘lakchasi,
- tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish (Kamolot, Muxomon, Buyuk Siymo, Navro‘z, Shoduhurram mahallalari).
Hozirgi kunda ushbu ishlar 80 foizga bajarilgan, qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Tumanimizning ijtimoiy ahvolini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kanalizatsiya tizimi qurilayotganidan barchangiz xabardorsiz. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda ushbu qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
“Sulaymon qal’a” tarixiy obidasi atrofini obodonlashtirish, uni aholi dam olishi va xordiq chiqarishi uchun zamonaviy maskanga aylantirish maqsadida
5 mlrd 139 mln so‘m, “Palvon kanali” bo‘yida saylgoh tashkil etish uchun
7 mlrd so‘m, tuman markazida basseyn va sport inshooti barpo etish uchun
9,5 mlrd so‘m, magistral yo‘l ostida tonnel qurish uchun 4 mlrd so‘m, vokzal binosini tubdan rekonstruksiya qilish uchun 37 mlrd so‘m, shuningdek, qal’a hududida joylashgan masjidni kapital ta’mirlash uchun 2,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Tashabbusli budjet doirasida 2025-yil davomida tumanda jami 30 mlrd
474 mln so‘mlik mahalla ichki infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.
Tashabbusli budjet – 1-bosqich
Ushbu bosqichda jami 14 mlrd 603 mln so‘mlik 10 ta ob’ektda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash,
- piyodalar yo‘lakchalari qurish,
- tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish,
- 9-son maktab o‘yingohini gazonlashtirish va isitish tizimi bilan ta’minlash,
- 2-son politexnikumda ta’lim sifatini oshirish maqsadida avtodrom qurish va jihozlash (Oq maydon, Ovshar, Sanoat, Gulzor, Yangi hayot, Zehinli, Munis Xorazmiy, Navro‘z, Beshta mahallalari).
Mazkur bosqichdagi ishlar to‘liq yakunlangan.
Tashabbusli budjet – 2-bosqich
Ikkinchi bosqich doirasida jami 15 mlrd 871 mln so‘mlik 11 ta obyektda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
- Sanitariya-epidemiologiya markazi binosini rekonstruksiya qilish,
- 1 ta irrigatsiya obyekti,
- 9 ta obyektda mahalla ichki yo‘llarini yaxshilash (Otaliq, Istiqlol, Zehinli, Mustaqillik, Oq maydon, Ming otliq, Buyuk Siymo, Shukrona, Beshta mahallalari).
Hozirgi kunda ushbu ishlar 85 foizga bajarilgan, qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida jami 24 ta ko‘p qavatli, 800 ta xonadondan iborat uylar qurilishi rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda:
- 16 ta ko‘p qavatli, 511 ta xonadon foydalanishga topshirildi;
- qo‘shimcha 33 ta ko‘p qavatli uyda qurilish ishlari davom etmoqda.
Kommunal xizmatlar bo‘yicha debitor qarzdorlik.
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha debitor qarzdorlik:
- 01.01.2025 yil holatiga – 3,589 mlrd so‘m,
- 31.12.2025 yil holatiga – 2,581 mlrd so‘m,
- 01.01.2026 yil holatiga – 2,981 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining majburiy badallari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik:
- 01.01.2025 yil holatiga – 615,7 mln so‘m,
- 31.12.2025 yil holatiga – 543,2 mln so‘m,
- 01.01.2026 yil holatiga – 806,3 mln so‘mni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, tuman aholisini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida 2025-yil davomida qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 2 185,8 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 103,5 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Tumanda 253 tonna pilla yetishtirilib, belgilangan reja 100 foizga bajarildi.
Paxta-g‘allachilik yo‘nalishida 113 ta fermer xo‘jaligi tomonidan
2 600 gektar yer maydoniga g‘alla ekilib, g‘alla sotish rejasi 7 800 tonna etib belgilangan bo‘lsa, amalda 8 992 tonna g‘alla topshirilib, reja 115,3 foizga bajarildi.
Shuningdek, 2025 yil paxta hosili uchun tumanda 4 900 gektar yer maydoniga g‘o‘za ekilib, paxta sotish rejasi 21 480 tonna etib belgilangan bo‘lsa, amalda 24 811 tonna paxta topshirilib, reja 115,5 foizga bajarildi.
2025-yilda qishloq xo‘jaligida aylanmadan chiqqan yerlardan 120 gektar maydon qayta foydalanishga kiritildi.
Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida joriy yilda qiymati 50 mlrd 170 mln so‘m bo‘lgan 114 ta yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing asosida xarid qilindi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
- 34 gektar g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish;
- 305 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etildi;
- 128,2 km ichki sug‘orish tarmoqlari betonlashtirildi.
Agrar sohada 12 073 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 12 193 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Shuningdek, 2025 yilda agrar va oziq-ovqat sanoati sohalarida amalga oshirish uchun 2 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilib, amalda qiymati 2 mlrd 700 mln so‘m bo‘lgan 2 ta yangi loyiha ishga tushirildi.
Hazorasp tumanida 2025-yil davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga jami 6048 nafar xotin-qiz kiritildi. Ular turli kategoriyalarga taqsimlandi:
- 1-toifa (ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsizlar) – 5171 nafar. Bandligi ta’minlandi: 257 nafar doimiy ishga, 2413 nafar kasb-hunarga o‘qitish orqali,
2501 nafar o‘zini-o‘zi band qilish orqali.
- 2-toifa (tadbirkorlik qilish istagi bor extiyojmandlar) – 25 nafar. 22 nafarga 468 mln. so‘m kredit ajratildi.
- 3-toifa (boquvchisi bo‘lmaganlar) – 296 nafarga 1,5 mln. so‘mdan (jami 444 mln. so‘m) moddiy yordam berildi.
- 4-toifa (ijtimoiy yordamga muhtoj 1-2 guruh nogironlar) – 308 nafarga 750 min so‘mdan (jami 226,5 mln. so‘m) moddiy yordam berildi.
- 5-toifa (uy-joyga muhtojlar) – 15 nafarga ijara kompensatsiyasi uchun 42 mln. so‘m ajratildi.
-6-toifa (qarmog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan ijtimoiy yordamga muhtojlar) 222 nafarga 750 min so‘mdan (jami 160 mln. so‘m) berildi.
Qo‘shimcha yordamlar sifatida 11 nafarning uy-joyi ta’mirlandi (100 mln. so‘m), 2 nafarga kontrakt puli to‘landi (10,5 mln. so‘m). Huquqiy yordam
1510 nafarga, psixologik yordam 1704 nafarga ko‘rsatildi. Shuningdek, 1048 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga homiylik yordami berildi.
Tumanda 201 ta notinch oila mavjud, ularning asosiy sabablari:
- Nikohdan ajralish: 40
- Spirtli ichimliklar: 62
- O‘zaro kelishmovchilik: 27
- Rashq: 15
- Uy-joy masalasi: 29
- Yer masalasi: 9
- Moddiy yetishmovchilik: 19
Suddagi nizolar 184 ta: nikohdan ajratish 141, aliment 27, ota-onalik huquqini tiklash 12, boshqa oila munosabatlari 4.
Mahalla va tuman komissiyalari orqali 120 ta oila o‘rganilgan, 48 ta oilada nizo bartaraf etilgan, 40 ta oila yarashtirilgan. Har hafta juma kunlari profilaktika, shanba kunlari yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
- yilda 81 nafar xotin-qizga himoya orderi berildi (2024-yilda 34).
- Joyi bo‘yicha: oilada 65, ish joyi 2, jamoat joyi 9, boshqa 5
- Jinoyatchi bo‘yicha: eri 63, qarindosh 5, qaynona 2, yigit 1, qo‘shni 2, boshqalar 8
- Turlari: mastlik holati 15, ruhiy zo‘ravonlik 8, tazyiq 58
Natijada 25 ta oila yarashtirildi va 42 ta nizolarning sababi bartaraf qilindi.
2025-yil holatiga ko‘ra tumanda 0–30 yoshdagi yoshlar soni 112 890 nafarni tashkil etib, shundan 54 512 nafari ayollar, 58 378 nafari erkaklardir.
14–30 yoshdagi yoshlar soni 53 920 nafar bo‘lib, ularning 26 699 nafari ayollar,
27 221 nafari erkaklardan iborat.
“Yoshlar balansi” asosida yoshlar quyidagi toifalarga ajratildi:
- Yashil toifa – 34 927 nafar
- Sariq toifa – 18 701 nafar
- Qizil toifa (ishsiz yoshlar) – 735 nafar
Yashil toifadagi yoshlarning bandligi quyidagicha:
- Davlat sektorida rasmiy bandlar – 9 675 nafar
- Xususiy sektorda rasmiy bandlar – 2 993 nafar
- Yosh tadbirkorlar – 128 nafar
- Yosh fermerlar – 50 nafar
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 768 nafar
- O‘z-o‘zini band qilganlar – 4 570 nafar
- Maktab o‘quvchilari – 35 408 nafar
- Professional ta’lim oluvchilar – 999 nafar
- OTM talabalari – 5 712 nafar
Sariq toifada:
- Migratsiyaga ketganlar – 1 831 nafar
- Norasmiy bandlar – 6 756 nafar
- Ishlash istagi yo‘qlar (uy bekalari, bola parvarishi, abiturientlar)–9 314 nafar
- Mehnatga layoqatsizlar – 790 nafar
- JIEMdagi yoshlar – 10 nafar
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 387 nafar yosh “otaliqqa” olingan. Ushbu yoshlar bilan ishlash shtabi Hazorasp tuman hokimligi binosida tashkil etildi.
Natijalarga ko‘ra:
- 55 nafar yosh profilaktik va probatsiya hisobidan chiqarildi
- 6 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi
- 42 nafar yosh o‘z-o‘zini band qildi
- 33 nafar yoshning darslarga muntazam qatnashishi ta’minlandi
- 32 nafar yoshga huquqiy yordam, 3 nafarga psixologik yordam ko‘rsatildi.
Qizil toifadagi 735 nafar ishsiz yoshlar 5 nafar viloyat va 38 nafar tuman darajasidagi rahbarlarga biriktirildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
- 179 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi
- 344 nafar yosh o‘z-o‘zini band qildi
- 143 nafar yosh tartibli migratsiyaga yuborildi.
- 48 nafar yoshga kredit, 12 nafarga asbob-uskuna, 1 nafarga yer maydoni ajratildi.
“Yoshlar daftari”
2025 yilda “Yoshlar daftari”ga 191 nafar yosh kiritilib, 151 nafari (77,1%) daftardan chiqarildi.
Ko‘rsatilgan yordamlar:
- To‘lov-kontrakt – 306,5 mln so‘m
- Asbob-uskunalar – 26,4 mln so‘m
- Bir martalik moddiy yordam – 14 mln so‘m
- Haydovchilik guvohnomasi – 3 mln so‘m
- Ilm-fan va san’at yo‘nalishida – 10,6 mln so‘m
Tumanda 53 ta umumta’lim maktabida 35 100 nafar o‘quvchiga 3 202 nafar pedagog ta’lim bermoqda.
2024–2025 o‘quv yilida:
- 2 446 nafar o‘quvchi bitirdi
- 1 118 nafar bitiruvchi OTMga o‘qishga qabul qilindi (45,7%)
- Kirish imtihonlari o‘rtacha bali – 76,1
Fan olimpiadalarida 10 ta sovrinli o‘rin, xalqaro olimpiadada 1 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.
3–7 yoshli bolalar soni 17 039 nafar bo‘lib, ularning 13 173 nafari (77,6%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Jami 340 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha 2025-yilda:
- 569 nafar oilaga bolalar nafaqasi
- 1 175 nafar oilaga kommunal kompensatsiya
- 6 536 nafar ehtiyojmand oilaga bir martalik moddiy yordam
Yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan 43 nafar shaxs doimiy ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olindi.
Tumanda 208 623 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
- Aholining 99,3 foizi profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
- 42 438 nafar bemor sog‘lomlashtirildi
- Emlash rejasi 99,8 foiz bajarilgan
- Onkologik skrining rejalari 100 foiz ijro etilgan.
