“Rahbar ayollar maktabi” dasturi ishtirokchilari uchun Latviyada stajirovka dasturi tashkil etildi
2025-07-21 12:30:00 / Yangiliklar
Dastur Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “O‘zbekiston davlat boshqaruvi salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Unda yurtimizda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan rahbar ayollar bilan birga "Rahbar ayollar maktabi" dasturi ishtirokchisi - Agentlik bosh mutaxassisi Feruza Xadjimuratova ham ishtirok etdi.
Stajirovka dasturi davomida ishtirokchilar tomonidan Latviyaning gender tengligi siyosati tizimi, ayollar uchun qonun ijodkorligi masalalari, zamonaviy texnologiyalar orqali ayollarga keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tajribasi vakolatli NNTlar bilan hamkorlikda ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish, bu borada jamoatchilik fikrini shakllantirish, biznesda ijodkorlik, innovatsiyalar borasidagi tajribasi o‘rganildi.



