📣 DIQQAT EʼLON!
2025-05-14 11:00:00 / Yangiliklar
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 13-fevraldagi 91-son qarori kuchga kirdi.

▫️Xususan, elektr energetikasi sohasida qarorda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha “Litsenziya” AT elektron platformasi orqali litsenziyalash uchun arizalar berish boshlandi.
⚡️14-maydan boshlab litsenziya olish talab etiladigan elektr energetikasi korxonalari Elektron litsenziyalash tizimi orqali litsenziya olish uchun onlayn ariza berishlari talab etiladi.
