Mintaqaviy energetika islohotlari: tartibga solish amaliyotini kuchaytirish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
2024-11-28 16:50:00 / Press-relizlar
Tadbirda 40 ga yaqin xorijiy mehmonlar va ekspertlar hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Jumladan, Gruziyaning Energiya va suv taʼminotini tartibga solish milliy komissiyasi komissari – Giorgi Pruidze, Qozog‘iston Respublikasi tabiiy monopoliyalarni tartibga solish qo‘mitasi raisi – Assan Darbayev, Turkiyaning Energetika bozorini tartibga solish organi Prezidenti - Mustafa Yilmaz, Ozarbayjon Energetikani tartibga solish agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Energetika bozorini tartibga solishga mutasaddilik qiluvchi tashkilotlari vakillari hamda Mintaqaviy energetikani tartibga soluvchi tashkilotlar uyushmasining rayosati aʼzosi Diyetmar Preinstorfer boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etishdi.
Ikki kunlik tadbir mobaynida ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan holda tartibga soluvchi organlarni isloh qilish asoslari, energetika bozorining dinamikasi, barqaror energetikaga o‘tish, raqamlashtirish va innovatsiya kabi mavzularda maʼruzalar tinglanadi va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad manfaatdor tomonlar va ekspertlarni birlashtirish, mintaqaning barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishonchli, shaffof va samarali meʼyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishga ko‘maklashish, energetika sohasini tartibga soluvchi organlar o‘rtasida muloqot va tajriba almashishga amaliy yordam berish, tartibga soluvchi organlar oldida turgan umumiy muammolar va imkoniyatlarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha mumkin bo‘lgan harakatlarni o‘rganish, mintaqada va xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli meʼyoriy-huquqiy baza va siyosat tashabbuslarini namoyish etish, mintaqaviy energetika aloqalarini rivojlantirish uchun tartibga soluvchi idoralar o‘rtasida sheriklik va hamkorlikni, shuningdek barqaror rivojlanishda hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.