O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yildagi tegishli Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi ayollar taqdirlanmoqda.
2026-03-06 11:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi Elektr energiyasi bozorini strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘limi bosh mutaxassisi Usmanova Irodaxon Xayrullayevna ham ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.
Mazkur e’tirof ko‘p yillik samarali mehnat, yuksak professionalizm hamda yurtimiz rivojiga qo‘shilgan munosib hissaning ifodasidir.
Irodaxon Xayrullayevnani ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ularga mustahkam sog‘liq va kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangidan yangi zafarlar tilaymiz.
