“Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
2025-12-10 14:05:00 / Yangiliklar

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Agentlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat idoralarida korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha berilgan muhim topshiriqlarning ijrosi hamda Agentlik faoliyatida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Shu bilan birga kelgusida Agentlik faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish va bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha muntazam targ‘ibot olib borish, shuningdek, ushbu illatlarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish vazifalari belgilab olinganligi bayon etildi.
Ishtirokchilar korrupsiyani bartaraf etish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, shu o‘rinda, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat qonuniy meʼyorlar, balki har bir fuqaro, qolaversa har bir xodimning masʼuliyati ekanligi alohida taʼkidlandi.
Tadbir davomida Agentlik jamoatchilik uchun, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun doimo ochiq ekanligini eʼtirof etildi.





