To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya loyihalari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil III choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 548/39-son qaroriga asosan 2024-yil III choragida Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida xalqaro donor tashkilotlar ishtirokidagi umumiy qiymati 16,4 mln. AQSh dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihalari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur xalqaro donor tashkilotlar ishtirokidagi loyihalar doirasida 2024-yil iyul-sentabr oylarida 16,4 mln. AQSh dollar (rejaga nisbatan 100 %) investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 53-sonli qarorga asosan 2025-yilda jami 45 mln. dol Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya mablagʻlari jalb etilishi va oʻzlashtirilishi belgilangan 2025-yil I chorak yakuni boʻyicha 13,9 (rejaga nisbatan 100 %) mln. AQSh dollar mablagʻlar oʻzlashtirildi.
