Xalqaro hamkorlik
2024-04-02 14:15:00 / Vazirlik yangiliklari
2-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining “Younginsn SO LTD” kompaniyasi prezidenti Choy Sek Xvan bilan uchrashdi.

Tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va texnik va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, tibbiyot, mashinasozlik, energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida koreyalik oʻqituvchi va mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistondagi universitetlarda maʼruzalar, mahorat darslari, konferensiya va seminarlar tashkil etish alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.





