Akademik litsey o‘quvchisi xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi
2024-03-18 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Gap shundaki, 11–16-mart kunlari akademik litsey va umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Adigeya Respublikasida o‘tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, jami 4 ta, shu jumladan 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Medal sohiblari bilan tanishing:
Axtamov Ozod – 🥇oltin medal, Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o‘quvchisi;
Zohidjonov Elbek – 🥈 kumush medal, Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi.
Boboqulov Asadbek – 🥉bronza medal, Toshkent shahar, Sh.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
Suyunova Madina – 🥉bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-son umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
💐Ushbu muvaffaqiyat bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!