Ichki audit xodimlari malakasi oshirildi
2025-07-16 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oliy ta’lim tashkilotlari ichki audit xizmati xodimlari uchun 18 soatlik qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

Kurs davomida oliy ta’lim tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlarni joriy etish amaliyoti va ichki audit xizmati faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Ushbu mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borildi.
Kurs yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
#MalakaOshirish #IchkiAudit #Sertifikat
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)









