Vazir o‘rinbosari Xonobodda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikni kengaytirish va oilaviy daromadlarni oshirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi
2025-03-12 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Texnikumda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, elektrmontaj, avtomatika, tikuv-trikotaj, santexnika yo‘nalishlaridagi amaliyot xonalari ko‘zdan kechirildi.
Uchrashuvda ta’lim jarayonlarini ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyalash, amaliy ko‘nikmalarni oshirish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi. Vazir o‘rinbosari tomonidan aynan ishlab chiqarish bilan hamkorlikda kasb o‘rgatish va bitiruvchilarga kafolatli ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Sarvarxon Buzrukxonov Anhor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanayotgan, uy-mehmonxona va boshqa kichik biznes bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, chorvachilik, issiqxona, tikuvchilik yo‘nalishida ochilgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari faoliyati ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida mahallada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikni kengaytirish va oilaviy daromadlarni oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.









