#Tayinlov
2023-09-29 18:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Bahodir Xusanov 1970-yil 22-may kuni Namangan viloyatida tug’ilgan.
U 1993-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston milliy universiteti)ni tamomlagan. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
U o’z mehnat faoliyatini 1993-yilda Toshkent davlat universiteti Etika va estetika kafedrasi o’qituvchisi sifatida boshlab, universitet aspiranti, kabinet mudiri, Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig’i, kafedra mudiri, fakultet dekani, prorektor muovini, prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
B.Xusanov 3 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya, 70 tadan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma va 2 ta ilmiy ishlanma muallifi hisoblanadi.
Tayinlovga qadar Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
