Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Toshkent davlat texnika universiteti va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq filiallarida bo‘lib, yangi 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga osh
2024-09-09 08:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Dastlab, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tarkibida faoliyat yuritayotgan, tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashgan va bu sohada yangi avlod muhandislarini tayyorlashga yo‘naltirilgan Muhandislik maktabida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Vazir o‘rinbosari filialdagi laboratoriya xonalarini ham ko‘zdan kechirib, professor-o‘qituvchilar bilan suhbatda bo‘ldi. Muloqot davomida laboratoriyada talaba va magistrantlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish, amaliyotga tatbiq qilinayotgan ilmiy natijalar xususida fikr almashdilar, laboratoriyadan foydalangan holda tijoratlashtirish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filialida yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalar uchun yaratilgan sharoit borib o‘rganildi. U yerda o‘quv va laboratoriya xonalari ko‘zdan kechirilib, fililal rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.



