Vazir Nukus davlat pedagogika institutida rahbar xodimlar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi
2024-09-07 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun, 7-sentyabr kuni Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bo‘lib, muassasa rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqotda mamlakatimizda oliy taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari borasida fikr almashildi, shuningdek, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi, ilmiy-pedagogik yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar keng muhokama qilindi.
Vazir professor-oʻqituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha takliflarini tingladi.
Uchrashuv soʻngida yangi oʻquv yili davomida sohada samaradorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.



