Vazir Samarqandda
2024-08-26 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab SamDAQUda yangi qurilayotgan 4238 oʻrinli oʻquv binosi va 5 ta oʻquv-laboratoriya binolari, 3 ta 1155 oʻrinli talabalar turar joyi binolarining holati hamda sharoitlari oʻrganildi. Universitetda amalga oshirilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi.
Rekonstruksiya qilingan Arxitektura fakulteti oʻquv binosi hamda 308 oʻrinli talabalar turar joyi binosi va boshqa qurilish-taʼmirlash ishlari koʻzdan kechirildi.
Muassasa tomonidan Qurilish fakulteti oʻquv binolarini kapital ta’mirlab, talabalar turar joyiga aylantirish, shu yoʻl bilan universitetda yotoqxona oʻrinlarini oshirish boʻyicha ijobiy fikrlar berildi.
Shuningdek, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasidan kelib chiqib, universitetda hozirgi vaqtda foydalanilmay turgan xoʻjalik binolarining oʻrniga laboratoriyalar kompleksi va inkubatsiya markazini qurish taklif etildi. Vazir ta’im maskanini ilgʻor xorijiy tajriba asosida transformatsiya va modernizatsiya qilish borasidagi ishlarni e’tirof etdi.
Shundan so‘ng, TDIU Samarqand filiali hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari borib ko‘rildi. Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi, o‘quv binolari, auditoriyalar, axborot-resurs markazi va boshqa inshootlarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.






