Oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylariga press-tur tashkil etildi
2024-08-19 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Press-tur davomida kelayotgan o‘quv yili uchun yangi barpo etilgan va joriy yilda foydalanishga topshirilishi reja qilingan, shuningdek, qurilayotgan talabalar turar joylari bilan tanishildi.
Press-tur o‘z ishini Talabalar shaharchasida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyatini ko‘zdan kechirishdan boshladi. Bu markazlarda ko‘ngilli lider yoshlar hamda tyutorlar turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishini nazorat qilib, ularga amaliy yordam bermoqdalar.
Keyingi manzil shaharchada joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yangi qurib, tez kunlarda ishga tushirish taraddudi ko‘rilayotgan yotoqxonasi bo‘ldi. Unda jurnalist, bloger va OAV vakillari universitetdagi qator masalalar yuzasidan suhbat olib borishdi.
So‘ng press-tur qatnashchilari Toshkent davlat sharqshunoslik, Toshkent davlat pedagogika hamda Toshkent davlat agrar universitetlarida bo’lib, talabalarga yaratilayotgan qulayliklar va sharoitlar bilan tanishdilar.
Chirchiq shahriga yo‘l olgan press-tur qatnashchilari Chirchiq davlat pedagogika universitetining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, yotoqxonalarda yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdilar.
⇒ PRESS-RELIZ









