Harbiy kadrlar tayyorlashdagi samarali hamkorlik munosib e’tirof etildi
2026-05-08 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik, xususan, harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri buyrug‘iga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Xo‘jayev Alijon Otabekovich harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari va vazirliklarlararo hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Vazirlik jamoasi Alijon Otabekovichni ushbu faxrli mukofot bilan samimiy qutlaydi. Kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar, sihat-salomatlik va yangi zafarlar tilab qoladi.



