Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-08 18:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, uni tizimli asosda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, talabalar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar, festivallar tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari talabalarining Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, tarjimonlar tayyorlash yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.
Tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha grafik rejalar, “yoʻl xaritasi” hamda hamkorlik memorandumi loyihalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Shuningdek, mazkur yoʻnalishlardagi hamkorlikni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida tegishli hujjat loyihalarini tayyorlash va ikki tashkilot oʻrtasida imzolash masalalari ham muhokama qilinib, amaliy kelishuvlarga erishildi.



