Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam
2026-04-22 08:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida bugun, 23-aprel kuni erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu marafonda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
Tashabbusning asosiy maqsadi — rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.









