Xalqaro forumga marhamat!
2026-04-21 / Voqealar taqvimi

Forum doirasida MDH mamlakatlari o‘rtasida ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinadi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.
♻️ Panel sessiyada:
– sanoat va innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari
– texnologiyalar transferini rivojlantirish
– sun’iy intellektni sanoatga joriy etish istiqbollari
– ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
⚫️Tadbir yakunida MDH davlatlari o‘rtasida ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi rejalashtirilgan.
