Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
2026-04-17 15:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Maydonda vazirlik departamenti, boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlaridan iborat jamoalar to‘p surishdi.
Birinchi kun o‘yinlari qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. Har bir jamoa yuqori kayfiyat va g‘alaba sari katta ishtiyoq bilan harakat qildi. Bu esa nafaqat ishtirokchilarga, balki tomoshabinlarga ham ajoyib emotsiyalar ulashmoqda.
Ertaga, soat 11:00 dan e’tiboran yarim final, uchinchi o‘rin uchun bahs hamda musobaqaning final o‘yini Talabalar shaharchasidagi O‘zbekiston milliy universiteti sun’iy qoplamali maydonida o‘tkaziladi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda musobaqaning bosh sovrini – “Vazir kubogi” bilan taqdirlanadi.
Barcha jamoalarga omad va chiroyli g‘alaba tilaymiz!









