Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi
2026-03-20 09:00:00 / E’lonlar
Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov 26-mart soat 11:00 da Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.

Professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar sohaga doir muammo va takliflari yuzasidan qilgan murojaatlariga javob olishlari mumkin.
