“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining 1-bosqichi yakunlanmoqda!
2026-04-06 18:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yil mart-aprel oylarida respublikamizning 208 ta tuman (shahar)larida tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlov nizomiga muvofiq, har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan g‘oliblar aniqlanib, ular tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanma oladilar.
Aprel oyi yurtimizda muhandislik oyligi bo‘lib, tanlovning keyingi bosqichlari aynan ushbu muhim vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa yoshlarning muhandislik, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Tanlovning 2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida joriy yilning aprel oyida — muhandislik oyligi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning 2-bosqich grafigi bilan tanishing.
