Ilk bor “Yangi Oʻzbekiston talabalar olimpiadasi” start olmoqda!
2026-04-04 10:50:00 / E’lonlar

Unda Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilhom Sirojev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov hamda 14 ta hududdan kelgan talaba-yoshlar va OTM masʼullari ishtirok etadi. Tadbirda musobaqaning ramziy start tugmasi bosilib, olimpiadaga rasman start beriladi.
Ushbu olimpiada talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda iqtidorli sportchi yoshlarni kashf etish maqsadida tashkil etilmoqda.
Musobaqalarning barcha bosqichlari Sport vazirligining “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinadi.
Bugungi kunga qadar musobaqada ishtirok etish uchun mazkur tizimdan jami 168 ta oliy taʼlim tashkiloti, xususan, 92 ta davlat, 52 ta nodavlat va 24 ta xorijiy oliygohlar roʻyxatdan oʻtgan.
Bellashuvlarda qatnashish istagini bildirgan talabalarning umumiy soni esa 159 273 nafarni tashkil etmoqda.
🗓 Musobaqalar 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
- 1-bosqich: 6–20-aprel;
- 2-bosqich: 1–15-may;
- Final bosqichi: 1–10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida oʻtkaziladi.
Kompleks musobaqalar voleybol, gandbol, basketbol 3x3, stol tennisi, futbol, yengil atletika, suzish (suzish boʻyicha bahslar 2-bosqichdan boshlanadi) sport turlaridan iborat boʻladi.
