Innovatsion texnologiyalar universiteti yangi binosiga tamal toshi qoʻyildi
2026-04-04 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Tantanali marosimda Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Bayram Otemuratov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Murat Atamuratov, ishtirok etdi. Tadbir davomida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish va ularning sifatini oshirishga qaratilgan ishlar alohida taʼkidlandi.
Loyiha qiymati 10 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Yangi oʻquv majmuasi 10 ming nafar talabani qamrab olish imkoniga ega boʻlib, unda zamonaviy oʻquv binolari, laboratoriyalar va amaliy mashgʻulot xonalari barpo etiladi. Shuningdek, 1000 oʻrinli talabalar yotoqxonasi, sport zali va maxsus maydonchalar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, talabalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.









