Ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibot jadallashtiriladi
2026-03-30 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

🔰 Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:
🔸 2026–2027-yillar davomida respublikaning har bir hududida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
♦️ 2030-yilgacha respublikaning har bir hududidagi “yashil” texnikumlarda 10 000 nafar o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash uchun ekologik ta’lim va ilmni yanada rivojlantirish.
🔹 2026–2028-yillarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida ilmiy daraja olgan nomzodlar sonini 150 nafargacha yetkazish.
📝 2026/2027 o‘quv yilidan mazkur qarorda ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari “yashil” texnikumlar sifatida qayta tashkil etiladi hamda ularda hududning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib, sohalar uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
➡️ “Yashil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ular Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishuv asosida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga biriktiriladi.
Batafsil: https://lex.uz/docs/8100110
