Rasmiy munosabat
2026-03-18 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining yangi litsenziya talablariga muvofiqligi masalasi yuzasidan turli fikr va talqinlar bildirilayotgani munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur yo‘nalishda ishlar doimiy ravishda olib borilayotganini ma’lum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 403-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyati yuzasidan tizimli ravishda masofaviy monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
Monitoring jarayonida oliy ta’lim tashkilotlarining qarorda belgilangan yangi litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi atroflicha o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga ularni bartaraf etish yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari yuboriladi.
Belgilangan muddatlarda mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, qonunchilikka muvofiq ravishda joyiga chiqqan holda tekshiruvlar o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
