Bitiruvchilarni majburiy tartibda 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinmoqda
2026-03-16 15:00:00 / E’lonlar

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimiga o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, amaldagi nizomda belgilangan “kamida uch yil” ishlab berish majburiyatiga oid normalar chiqarib tashlanishi taklif etilmoqda. Yangi tartibga muvofiq, davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan alohida belgilanadi.
Shu bilan birga, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bilan bog‘liq ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, “doimiy yashash joyi” atamasini “yashash joyi” deb almashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Qaror loyihasida ishlab berish majburiyatini belgilashda yagona yondashuvdan voz kechib, sohalar kesimida differensial tartibni joriy etish orqali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
Fuqarolar qaror loyihasi muhokamasida 2026-yil 26-martga qadar (shu kuni ham) ishtirok etishlari mumkin.
Loyiha matni bu yerda
