O‘quv rejasiga tegishli bo‘lmagan fanlar bo‘yicha davomat qilish imkoniyati yaratildi
2026-03-12 11:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1️⃣ Dars jadvalini shakllantirishda:
O‘quv rejasiga kirmaydigan fan mashg‘uloti dars jadvaliga kiritiladi. Bunda mas’ul sifatida tyutor yoki o‘qituvchi ko‘rsatilishi mumkin.
2️⃣ Tyutor (yoki o‘qituvchi) panelida:
Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasiga kiriladi va jadvaldagi tegishli mashg‘ulot sanasi tanlanadi.
3️⃣ Davomat qilish sahifasida:
Guruhdagi talabalar ro‘yxati bo‘yicha kelmagan talabalarga tegishli belgi qo‘yiladi va ma’lumotlar saqlanadi.
❕Muhim eslatma!
♦️ Ushbu davomat qilish funksionali hozirda tizimning Tyutor rolida faol ishlamoqda.
🔸 Mazkur turdagi (o‘quv rejasidan tashqari) fanlar bo‘yicha qilingan davomat talabaning tizimdagi umumiy davomat ko‘rsatkichiga (foiziga) ta’sir qilmaydi.
