Farg‘ona davlat texnika universiteti qoshida o‘quv, ilmiy-innovatsion laboratoriya tashkil etildi
2026-03-13 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

“Markazlashgan o‘quv, ilmiy-innovatsion laboratoriya” quyidagi zamonaviy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
— Analitik, fizik-kolloid kimyo ilmiy laboratoriyasi – Nano texnologiya va Nano kimyo hamda turli moddalarning tarkibini zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlash va kimyoviy tahlillar o‘tkazishga mo‘ljallangan.
— Zamonaviy neft va gazni tahlil qilish laboratoriyasi – neft va gaz mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari, tarkibi va texnologik xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish imkonini beradi.
— Ekologiya va biotexnologiya laboratoriyasi – atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik monitoringni tadqiq qilish va zamonaviy biotexnologiya, gen muhandisligi kabi ilmiy yo'nalishlarga xizmat qiladi.
— Oziq-ovqat xavfsizligi ilmiy labaratoriyasi – oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati, xavfsizligi va standartlarga muvofiqligini xalqaro talablar asosida baholashga yo‘naltirilgan.
— Oziq-ovqat texnologiyasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘quv-ilmiy laboratoriyasi – organik oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlar yetishtirish, biologik faol moddalar va biokimyoviy jarayonlarni chuqur o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
— Noorganik moddalar va alternativ energiya manbalari ilmiy laboratoriyasi – noorganik birikmalar sintezi, ularning fizik-kimyoviy xossalari va amaliy qo‘llanilishini hamda yangi avlod batareyalari, quyosh, shamol kabi muqobil energiya manbalarini tadqiq qiladi.
— Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar o‘quv laboratoriyasi – sanoatda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar va uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
— Metrologik baholash, standartlashtirish va kolibrlash laboratoriyasi – o‘lchashlar ishonchliligi, standart talablarga muvofiqlik va kalibrlash aniqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan laboratoriyadir.
Laboratoriyalar zamonaviy texnologiyalar va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar va yosh tadqiqotchilarga yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy izlanishlar olib borish hamda o‘z innovatsion g‘oyalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatini yaratadi.
Laboratoriyalar zamonaviy texnologiyalar va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar va yosh tadqiqotchilarga yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy izlanishlar olib borish hamda o‘z innovatsion g‘oyalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatini yaratadi.





