Surxondaryo oliygohlari: taʼlim sifati, imkoniyatlar va zamonaviy infratuzilma
2026-02-14 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

H. Umarova Termiz davlat universiteti infratuzilmasi koʻzdan kechirarkan, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan toʻgaraklar faoliyati, shuningdek, Ilmiy tadqiqot markazida yaratilgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan yirik ilmiy loyihalar bilan tanishdi. Olima ayollar va talaba-yoshlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Hilola Umarova hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ham boʻlib, oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy jihozlangan oʻquv xonalari, multimedia texnologiyalari bilan taʼminlangan auditoriyalar faoliyati koʻzdan kechirildi.
Tashrif doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq suhbat oʻtkazilib, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, grantlar, xorijiy taʼlim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, universitetda ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, xususan, Kembrij metodikasi asosida ishlab chiqilayotgan yangi oʻquv tizimi va xalqaro standartlarga mos dasturlar joriy etilayotgani qayd etildi.
Uchrashuvlar davomida Hilola Umarova oliygohlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar salohiyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni kengaytirish, taʼlim sifatini yanada oshirish, innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish va targʻibot ishlarini kuchaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.









