Xorijda tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-02-07 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 7-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vatandoshlar jamoat fondi tashabbusi bilan xorijda tahsil olayotgan vatandosh yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Muloqotda Italiya, Germaniya, Belgiya, Polsha, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda tahsil olayotgan yoshlar qatnashdi.
Uchrashuv davomida Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i A. Mamanazarov hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bo‘lim boshlig‘i X. Sobirov tomonidan:
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish tartibi;
xorijda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni O‘zbekistonda tan olish bo‘yicha milliy qonunchilik talablari;
yoshlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot yoshlarning savollariga bevosita javob berish, ularning muammolarini aniqlash va takliflarini eshitish imkonini berdi.



