O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi o‘tkaziladi
2024-05-23 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Xalqaro anjuman 24-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida “Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida oliy texnik ta’lim istiqbollari” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston va Rossiya tomondan 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi rektorlari, soha mutaxassislari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.
Anjuman davomida hamkorlikda ilmiy markazlar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, yangi kafedralar va ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish, ilmiy grantlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.
