Ilk bor tajribali xorijiy universitet professorlari sayyor shakldagi malaka oshirish kursiga jalb qilindi
2024-05-20 14:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Davlat maorif universiteti” bilan hamkorlikda Samarqand va Buxoro davlat universitetlarida “Davlat maorif universiteti” bilan hamkorlikda “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili” yo‘nalishi bo‘yicha pedagog kadrlar uchun qo‘shma malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Ushbu qo‘shma malaka oshirish kursining ahamiyatli jihati shundaki,ilk bor xorijiy hamkor ta’lim muassasasining tajribali professor-o‘qituvchilari sayyor shaklda mashg‘ulotlar olib borishga jalb qilindi. Unga ko‘ra kurs tarkibidagi 48 soatga mo‘ljallangan “Pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” va “Rus tili fanini o‘qitishda matnni tizimli stilistlik tahlil qilish” modullari Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining 2 nafar tajribali professorlari A.Buchek hamda M.Misherina tomonidan o‘tildi.
Mazkur kurslarga oliy ta’lim muassasalarining 80 nafarga yaqin pedagoglari jalb etildi va kurs yakunida tinglovchilarga ikki tomonlama sertifikat (Double Sertificate) topshirildi.



