Universitetlar uchun yangi imkoniyat: sport va xalqaro e’tirof
2025-12-15 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 10–13-dekabr kunlari Xitoy Taypeyida Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) tomonidan tashkil etilgan “Sog‘lom kampus” dasturi — FISU Healthy Campus Programme taqdimot forumida O‘zbekiston talabalari sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

FISU — Healthy Campus dasturida ishtirok etish universitetlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– FISU (Xalqaro studentlar sporti federatsiyasi) tomonidan rasman tan olinib, FISU sertifikatiga ega bo‘ladi.
– Xalqaro sport va ta’lim hamjamiyatida nufuzi oshadi.
– Universitetda jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish, ruhiy barqarorlik va ijtimoiy muhit yaxshilanadi. Bu ta’lim samaradorligiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
– Sertifikatga ega universitetlar FISU va UNESCO grantlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi hamda bu orqali xalqaro QS va THE reytinglarida “Student Wellbeing” (talaba farovonligi) yo‘nalishida yuqori baholanishi mumkin.
– Yevropa, Osiyo va Amerika universitetlari bilan qo‘shma loyihalar tashkil qilish imkoni ochiladi.
FISU — Healthy Campus Programme dasturi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lib, jahon standartlari asosida ishlaydi hamda ISO 9001 va ESG standartlariga moslashtirilgan.






