Rasmiy munosabat
2024-04-06 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Manfaatdor vazirlik va idoralar qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “2023-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (PhD/DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik institutiga o‘qishga qabul qilishda tanlovlarni o‘tkazish tartibi” asosida talab darajasida til bilish sertifikatini taqdim eta olmagan izlanuvchilarga 2023-yil oxirigacha, ba’zi oliy ta’lim muassasa va ilmiy tashkilotlarda joriy yilning may oyigacha imkoniyat berilgan.
Hozirgi kunda talabgorlardan TOEFL sertifikatini talab qilish bekor qilinmagan va uni bekor qilish rejalashtirilmagan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar ro‘yxati zaruratga qarab takomillashtirilib boriladi.
Bunda, amaldagi ro‘yxat bekor qilinmasdan, balki ro‘yxatga yangi sertifikat turlari kiritilishi yoki ayrim sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin.
Ro‘yxatdan qaysidir sertifikat chiqarilgan taqdirda, ushbu sanaga qadar olingan sertifikatlar qabul qilinadi.
