Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha loyihalar tanlovi
2025-09-15 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tanlovga kimlar ishtirok etishi mumkin?
Nodavlat notijorat tashkilotlari.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
➖taʼlim tizimini rivojlantirish va sifatini oshirish;
➖ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
➖innovatsiyalarni joriy etish va tarqatish;
➖taʼlim jarayonini raqamlashtirish;
➖yosh olimlar va talabalarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
➖inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
➖taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish.
Ishtirokchilarga quyiladigan ➡️talablar.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
♦️ariza;
🔹ijtimoiy buyurtmani bajarishning batafsil tasnifi;
🔹davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
🔹NNT ustavining nusxasi;
♦️qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;
🔹litsenziya nusxasi.
Tanlov uchun loyihalar ariza namunasi bo‘yicha 2025-yil 1-oktyabrga qadar taqdim etiladi.
▶️Batafsil tanlov nizomida.
Hujjatlarni yuborish manzili:
ijtimoiy-loyiha@edu.uz
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99855-520-08-08 (110)
