MUNOSABAT
2025-09-24 08:15:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Do‘stlik tumani Gʻafur Gʻulom mahallasida qurilayotgan savdo kompleksi haqida turli e’tirozlar tarqalmoqda.
O‘tmishni yodga olaylik: eski dehqon bozori 1970-yillarda ochilgan. U paytlarda tuman aholisi bor-yo‘g‘i 25–30 ming atrofida bo‘lgan. O‘tgan yillar davomida Do‘stlik taraqqiyot yo‘lidan qat’iyat bilan odimladi. Bugun aholi soni 70 mingdan oshib ketdi. Tabiiyki, bugungi tumandagi talab va ehtiyoj kechagidan butunlay boshqacha. Xalqimiz nafaqat arzon va sifatli mahsulot istaydi, balki qulay savdo maskanlariga ham ehtiyoj sezmoqda.
Shu bilan birga, aholini ish bilan ta’minlash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi PQ-468-son qarorida Do‘stlik tumanidagi “Chinobod” mahallasidagi eski bozor o‘rnida kichik sanoat zonasini tashkil etish belgilangan.
Hozir esa Gʻafur Gʻulom mahallasida savdo kompleksi qurilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Dastlabki bosqichdayoq aholi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yildi. Bu ikki mingga yaqin ish o‘rniga ega — katta loyihaning boshlang‘ich qadami, xolos. Yakuniga yetganda esa tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar, xaridorlar uchun esa barcha qulayliklar yaratiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda hech kim bilan maslahatlashmasdan ishlar amalga oshirilganligi aytilmoqda. Bunday yirik loyiha bir necha bor ko‘plab tadbirkorlar bilan bamaslahat boshlangan edi. Unda tadbirkorlarning fikrlari, takliflari inobatga olinib, yangi loyihalar tasdiqlangandi. (Суратлар ҳам уни исботлаб турибди)
https://t.me/dustliktumanihokimligi/29215
https://t.me/dustliktumanihokimligi/29949
Hurmatli fuqarolarimizni asossiz xabarlar, noto‘g‘ri tashviqotlar ortidan ergashmaslikka chaqiramiz. Biz birgalikda bugungidan ham obod va farovon Do‘stlikni barpo etamiz!
Do‘stlik tumani hokimligi Axborot xizmati.

