Aholi murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida
2026-10-19 13:05:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shavkat Darvishev belgilangan reja-grafigiga muvofiq fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Yechimi muayyan vaqt va qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.
Maqsad — aholi murojaatlarini shunchaki tinglash emas, balki ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar ko‘rish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishdir.
