"Bunyodkor" mahallasida salomatlik uchun 10 000 qadam!
2026-10-19 10:20:00 / Yangiliklar

Bugun erta tongdan Do‘stlik tumani «Bunyodkor» mahallasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ommaviy yurish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bir safda jam bo‘lib, salomatlik uchun 10 000 qadam yurishdi.
Tadbir nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki turli avlod vakillarini ezgu maqsad atrofida birlashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom hayot tarzi madaniyatini mustahkamlashga ham xizmat qildi.
