MUAMMONI TINGLASHDAN — YЕCHIM TOPISHGACHA
2026-09-14 12:25:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shavkat Darvishev tomonidan har dushanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar qabulining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida tuman aholisi o‘zini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita tuman hokimiga murojaat qildi. Fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, har bir masala bo‘yicha tegishli mutasaddilar ishtirokida fikr va takliflar o‘rganildi.
Murojaatlar orasida ijtimoiy masalalar, kommunal sohadagi muammolar, bandlik, moddiy ko‘mak, yer va uy-joy, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalarga oid taklif va muammolar o‘rin oldi.
Eng muhimi, qabul jarayonida “murojaatni eshitish” bilan cheklanib qolmasdan, uning yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilab olindi.
Do‘stlik tumanida ham bugungi qabulning bosh maqsadi bitta: fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmasligi, muammo yechimsiz qolmasligi va har bir inson o‘zini davlat e’tiborida his qilishi.

