Jahon chеmpioni tuman hokimi tomonidan e’tirof etildi
2026-09-07 09:50:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumanida voyaga yetgan yosh dzyudochi Iroda Sirojiddinova Ekvadorning Guayakil shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida -40 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lib, Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Bu tarixiy g‘alaba Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev tomonidan munosib e’tirof etildi. Chempionning xonadoniga borilib, ota-onasi va yaqinlari bilan uchrashildi. Suhbatda Irodaning muvaffaqiyatida oilasining mehnati va qo‘llab-quvvatlashi alohida ta’kidlandi.
Ushbu g‘alaba — nafaqat Irodaning, balki uning oilasi, ustozlari va butun tumanimiz sport jamoatchiligining faxri.
