Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-08-24 22:30:00 / Yangiliklar

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida kiberxavfsizlik va kiberjinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Jizzax viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga kibergigiyena, internet firibgarligi, fishing, ijtimoiy injeneriya, zararli dasturlar va akkauntlar xavfsizligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murakkab va alohida parollardan foydalanish, ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish, shaxsiy ma’lumot va tasdiqlash kodlarini begonalarga bermaslik, shubhali havolalarni ochmaslik kabi muhim xavfsizlik qoidalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berilib, mahallalarda aholining, ayniqsa yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

