Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-08-24 21:55:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumanida aholi murojaatlarini tinglash, ularni qonuniy tartibda hal etish hamda fuqarolarning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, yer munosabatlari va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qabulda bildirilgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarda hal etish hamda fuqarolarga natijasi haqida ma’lumot berish mas’ullar zimmasiga yuklatildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarini amaliy hal etish ishlari izchil davom ettiriladi.
