O‘ZBEKISTON FERMERLARI KENGASHINING “DALA MADANIYATI – FERMER MAJBURIYATI” ASOSIDA DALA CHYeTLARIGA CHORVACHILIK MAJMUALARINI QURILISHI YUZASIDAN MUROJAATI
2026-08-04 15:15:00 / Yangiliklar

Hurmatli fermerlar!
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, unda zamonaviy va samarali usullarni joriy etish, shuningdek, fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida fermer xo‘jaliklariga dala chetlaridan samarali foydalanish uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 31 oktyabrdagi «Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-322-son qaroriga muvofiq, ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan yer uchastkalarida, shuningdek, paxtachilik-g‘allachilik va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarining kamida 10 gektar yer maydonining 1 foizi, biroq 20 sotixdan oshmagan qismida yirik va mayda shoxli qoramollarni saqlash uchun yengil konstruksiyali binolar, suv rezervuarlari hamda ozuqa saqlash omborxonalarini qurishga ruxsat berilgan.
Mazkur imtiyozlar fermer xo‘jaliklariga chorvachilik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, chorva mollari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi.
Shuningdek, mazkur qarorga asosan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dala chetlarida chorva mollarini saqlash uchun yengil konstruksiyali binolar, suv rezervuarlari va ozuqa saqlash omborxonalarini qurish hamda ulardan belgilangan tartibda foydalanish nazarda tutilgan.
Hurmatli fermerlar, Sizlarni yaratilgan mazkur imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanishga, chorvachilikni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shishga chaqiramiz.
Hurmatli aziz fermerlar!
Chorvachilik majmualarini barpo etish uchun yaratilgan quyidagi imtiyozlardan samarali foydalaning:
- ozuqabop va moyli ekinlar yetishtirish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan yer uchastkalarida chorvachilik majmualarini tashkil etish;
- umumiy maydoni kamida 10 gektar bo‘lgan paxtachilik-g‘allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining sug‘oriladigan yerlarida, yaxlit kontur maydoni kamida 2 gektar bo‘lgan holda chorvachilik ob’yektlarini joylashtirish;
- qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash to‘lovlarini o‘n yil davomida har yili teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi;
- 2026 yil 1 iyuldan boshlab tijorat banklari tomonidan yillik 10 foiz stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga kredit mablag‘larini olish imkoniyati;
- har bir viloyatda kamida bitta tuman chorvachilikka ixtisoslashtirilib, ushbu hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar ekishga ustuvorlik berilishi hamda 2027 yil hosilidan boshlab ekin maydonlarining 50 foizigacha ozuqabop ekinlarni joylashtirishga ruxsat berilishi.
Hurmatli fermerlar!
Mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishingiz tavsiya etiladi:
Birinchidan, chorvachilik majmuasi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqing va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish ishlarini boshlang.
Ikkinchidan, qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha dastlabki to‘lovlarni amalga oshiring. Shuni e’tiborga olingki, ushbu to‘lovlarni o‘n yil davomida har yili teng ulushlarda to‘lash imkoniyati yaratilgan.
Uchinchidan, yer ijarasi shartnomasiga qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasidan samarali foydalanis
[04.08.2026 17:54] Bexato: hni nazarda tutuvchi qo‘shimchalarni kiriting. Bunda har bir sotix yer maydonida kamida shartli 3 bosh qoramolni doimiy saqlash va parvarishlash talabi nazarda tutiladi.
To‘rtinchidan, yengil konstruksiyali binolar, suv rezervuarlari va ozuqa saqlash omborxonalarini o‘z ichiga olgan chorvachilik ob’yektlarini belgilangan muddatlarda qurib, ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘ying.
Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari!
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etish har bir fermerning burchi hisoblanadi. Shuningdek, Siz qonunchilikda belgilangan majburiyatlarga ham qat’iy amal qilishingiz lozim.
- O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq, yer uchastkasidan oqilona va belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda, fermer xo‘jaligining yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinishi mumkin.
- Chorvachilik ob’yekti qurilishi yakunlanganidan so‘ng 6 oy ichida loyihada nazarda tutilgan quvvatga erishilmagan, ya’ni kamida 60 bosh yirik shoxli qoramol yoki 100 bosh mayda shoxli mol boqish yo‘lga qo‘yilmagan taqdirda, mazkur ob’yektdan belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan deb baholanishi mumkin.
- Ajratilgan yer uchastkasida qurilgan chorvachilik ob’yektidan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilgan taqdirda, ushbu ob’yekt fermer xo‘jaligi mablag‘lari hisobidan buzdirilishi mumkin. Bunda buzilgan ob’yekt uchun hech qanday kompensatsiya to‘lanmaydi.
- Fermer xo‘jaligi rahbarlari yuqorida keltirilgan talablarni bajarmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. Jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-moddasiga muvofiq – yer to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun;
- O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 85-moddasiga muvofiq – shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan 2-, 4- va 5-ilovalardagi reglamentlar talablarini buzganlik uchun.
Qadrli fermerlar!
Dala chetlarida chorvachilik majmualarini tashkil etish va qurish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, barcha tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda tuman hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Fermerlar kengashlari Sizga har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor.
Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish har birimizning muhim vazifamiz ekanligini unutmaylik.
Aziz fermerlar!
Dala chetida chorva majmualari qurilish hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa zarur tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun tuman hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Fermerlar kengashlari Sizga amaliy ko‘makchidir.
Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish har birimizning vazifamiz ekanligini unutmaylik.
Barchangizni mazkur ezgu ishda ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirish, aholini go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlashda munosib hissangizni qo‘shishga hamda dala chetidagi yerdan oqilona foydalanib, kichik tipdagi (bino) molxona tashkil etib, qoramol, parranda va asalari uyasini tashkil etishni o‘z muddatlarida amalga oshirishga da’vat etamiz!
O‘zbekiston fermerlari Kengashi
