Tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-08-03 12:00:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumani hokimligida tuman hokimi, Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputati Shavkat Darvishevning har dushanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, bandlik, yer munosabatlari, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama o‘tkazilib, qonunchilik doirasida yechim talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijro muddatlari belgilab qo‘yildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning dardu tashvishlarini eshitish va muammolarini hal etish Do‘stlik tumani hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
