Hurmatli fuqarolar!
2026-07-21 21:05:00 / Yangiliklar

So‘nggi vaqtlarda o‘zini kadastr xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolardan turli xizmatlar uchun noqonuniy pul talab qilish holatlari uchramoqda.
Shu munosabat bilan, Do'stlik tumanida faoliyat yuritayotgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi xodimlarining rasmiy ro‘yxati hamda aloqa ma'lumotlari e'lon qilinmoqda.
Kadastr xizmatlariga oid masalalarda faqat rasmiy vakolatli xodimlar bilan muloqot qiling hamda barcha to‘lovlarni belgilangan tartibda amalga oshiring.
Kadastr xodimlariga naqd yoki boshqa ko‘rinishdagi pul mablag‘larini bermang. Kadastr xodimlari fuqarolardan pul mablag‘larini bevosita qabul qilish vakolatiga ega emas.
Agar biror shaxs, jumladan, o‘zini kadastr xodimi deb tanishtirgan yoki kadastr xodimi bo‘lsa ham, sizdan pul mablag‘i talab qilsa, Kadastr agentligining 1097 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Ogohlik va qonuniy tartiblarga rioya etish — firibgarlik va korrupsiyaning oldini olishning eng samarali yo‘lidir.
