Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytirilmoqda
2026-04-27 15:10:00 / Yangiliklar

2026-yil 25-aprel kuni Jizzax viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan Do‘stlik tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda hokimlik xodimlari ishtirok etdilar.
Unda hokimlik xodimlarni etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, korrupsiyaga murosasizlik munosabatni shakllantirish, unga qarshi kurashish va bunday holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Seminarda ishtirokchilarga davlat organlari, jumladan mahalliy hokimiyat organlarida 2026-yilning 1-choragida ayrim mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar, mansab vakolatini suiste’mol qilish bilan bog‘liq salbiy holatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tuman hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan tartib-taomillar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki notmativ hujjatlar bajarilishi monitoring va nazorat qilish tartibi o‘rganish ko‘rinishida amalga oshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berilib nazoratga olimdi.
Tuman hokimligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablar to‘g‘risida xabardorligini tekshirish maqsadida hokimlikni turli tuzilmalarida va lavozimlarida ishlovchi 9 nafar xodimlardan test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinov natijalari xodimlar o‘rtasida tahlil qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish talablari va tartib tamoyillari tushintirilib,ularga rioya qilishdagi quyunchiliklar muhokama qilinib ko‘nikmalar berildi.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shu’basi
