Do‘stlik tumanida "Yoshlar kuni"ga bag‘ishlab musobaqalar o‘tkazildi
2026-03-26 17:55:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumanida davlat rahbarining yoshlar masalalariga oid topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda har payshanba kuni idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Mazkur dasturga muvofiq, bugun kunning ikkinchi yarmida “Biz yoshlar narkotik moddalarga qarshimiz!” hamda “Sport – sog‘lik garovi” shiorlari ostida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Jumladan:
mini futbol bo‘yicha “Hokim kubogi”,
shaxmat-shashka bo‘yicha “Tuman prokurori kubogi”,
voleybol bo‘yicha “Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi” bahslari o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalarda 600 nafardan ortiq yoshlar faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratini namoyon etdilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda turli salbiy illatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
