“Xiva Plaza” MChJning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot
2025-06-10 19:45:00 / Yangiliklar

Davlat aktivlari agentligining joriy yil 24-apreldagi “Xiva Plaza” MChJ (“Farovon Khiva Hotel” mehmonxonasi) ustav kapitalidagi davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boʻyicha eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Xususiylashtirish boʻyicha konsultant “RSM Uzbekistan” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda sotish jarayonlarini shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Xiva Plaza” MChJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 1-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligi maʼlum qilinadi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni info@rsm.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim.
Avvalgi chop etilgan eʼlonning (havolaga o'tish) qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
